Jahon | 09:40 / 25.05.2018
2807
2 daqiqa o‘qiladi

Roskomnadzor Facebook bloklanishi bo‘yicha pozitsiyasiga aniqlik kiritdi

Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarovning ma'lum qilishicha, uning idorasi yil oxiriga qadar Facebook’ni tekshiruvdan o‘tkazadi, biroq ayni damda ijtimoiy tarmoqni bloklash masalasi ko‘rib chiqilmayapti. Bu haqda u «Izvestiya»ga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

«Biz yil oxiriga qadar Facebook kompaniyasini tekshiruvdan o‘tkazamiz. Darhol bloklash haqidagi masala ko‘rib chiqilmaydi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, biz jarima solishimiz, ulardan Rossiya qonunlariga qachondan amal qilishlari bo‘yicha yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni olishimiz mumkin. Bu joriy yil oxirida boshlanadigan jarayon», - dedi Jarov.

Aleksandr Jarov
Foto: IZVeSTIYa/Pavel Bednyakov

Uning qayd etishicha, idoraga Facebook rossiyalik foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotini qanday mahalliylashtirayotgani, shuningdek, ijtimoiy tarmoq ekstremistik ma'lumotga ega postlarni qanday tezlik bilan o‘chirib tashlashi yoqmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Roskomnadzor Viber IP-manzillari bloklanganini rad etib chiqqandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid