Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik milliarder Rossiya va AQSh haqida gapirib, Okudjavadan iqtibos keltirdi
Rossiyalik milliarder, «Renova» guruhi egasi Viktor Vekselberg AQSh va Rossiya munosabatlari bo‘yicha munozara vaqtida qo‘shiqchi-shoir Bulat Okudjavaning «Eski askarlik qo‘shig‘i»dan iqtibos keltirdi. Bu haqda Gazeta.ru xabar bergan.
«Bugungi kundagi vaziyat Okudjavaning qo‘shig‘idagi - bizda juda kam qoldi: biz va o‘zimizning og‘riq, so‘zlariga juda mos tushadi», - deya aytib o‘tdi Vekselberg Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya – Amerika sherikligi muhiti ancha yomonlashgan.
«Agar hayotga an'anaviy yo‘l-yo‘l modeldan kelib chiqib qaralsa, unda bir yil davomida qora rang ancha yorqinlashdi, sababi bizga dahshatli bo‘lib ko‘ringan narsalar, unchalik yomon emasligi oydinlashdi. Oq ranglar yo‘qolgani esa - bu obekt reallik», - deya ta'kidlab o‘tgan Vekselberg.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq milliarder Viktor Vekselberg Trampning advokatiga yirik to‘lovlar tufayli so‘roq qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
13:28 / 22.06.2026