Maxsus prokuror Robert Myullerning agentlari rossiyalik tadbirkor Viktor Vekselbergni AQŞ prezidenti Donald Trampning saylovlardagi ğalabasidan söng şaxsiy advokati Maykl Koen hisob raqamiga kelib tuşgan yirik tölovlar borasida söroq qilişdi. Bu haqda CNN telekanali manbaga asosan xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga köra, Koenga Vekselberg bilan aloqador bölgan tuzilmalardan pullar ötkazilgan, gap yuz minglab dollar haqida ketmoqda. Ta'kidlanişiça, Koenning Vekselberg bilan iş munosabatlari aynan nimaga boğliqligi noma'lum.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan sud jarayonida Stormi Deniels manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Maykl Avenatti Qöşma Ştatlar rahbari şaxsiy advokati Maykl Koen 2016 yilgi saylovlarda Tramp ğalaba qozonganidan söng 500 ming dollar olganini ma'lum qilgandi.

















