Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida Central Park ochiladi
Yaqin orada Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek parki (sobiq Telman parki)o‘rnida Central Park ochilishi kutilmoqda. Bu haqida parkning Facebook'dagi sahifasida ma'lum qilindi.
Manbada ta'kidlanishicha, rekonstruksiya davomida aholining Facebook'dagi sahifasida qoldirgan barcha istak va takliflari inobatga olingan.
Aksariyat 1934 yilda ochilgan parkning tarixi va muhiti saqlanib qolishi istagini bildirgan. Shu bilan birga, ma'lum qilinishicha, parkning yillar davomida yaroqsiz ahvolga kelgan barcha kommunikatsiyalari, irrigatsion tizimlari, elektrifikatsiyasi, avtosug‘orish tizimlari to‘liq yangilangan.
Xabarda parkning aniq ochilish sanasi uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali e'lon qilinishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026