O‘zbekiston | 19:45 / 25.05.2018
11343
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston O‘zbekiston bilan avtomobil qatnoviga oid shartnomani ratifikatsiya qildi

Tojikiston parlamenti deputatlari tomonidan O‘zbekiston bilan avtomobil qatnoviga oid shartnoma ratifikatsiya qilindi. Mazkur hujjat yuk va yo‘lovchi tashish tizimini soddalashtiradi, yuk va yo‘lovchilar sonini ko‘paytiradi, o‘zaro tranzit salohiyatini oshiradi.

“Xalq so‘zi” xabariga ko‘ra, bundan tashqari, yangi infratuzilmalar yaratish imkonini beradi. Xususan, kompaniyalar Rossiya va Qozog‘istonga reyslarni amalga oshirish uchun avtomashinalar, jumladan, yuk va yo‘lovchi transporti vositalarini sotib olish olish imkoniga ega bo‘ladi.

Mazkur yo‘nalishlardan turistlar va mehnat muhojirlari ham foydalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston parlamenti O‘zbekistonga aloqador qator yangi hujjatlarni ko‘rib chiqishi xabar berilgandi

 

Mavzuga oid