Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston parlamenti O‘zbekistonga aloqador qator yangi hujjatlarni ko‘rib chiqadi
Tojikiston parlamentining quyi palatasi shu yil mart oyida Dushanbe shahrida Tojikiston-O‘zbekiston o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar natijalari bo‘yicha imzolangan bir qator hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
Ratifikatsiyaga, xususan, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari, havo transporti qatnovi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar kiritilgan.
«25 may kuni bo‘lib o‘tadigan Tojikiston Majlisi oliyning Majlisi namoyandagon to‘rtinchi sessiyasi navbatdagi majlisi kun tartibida, shuningdek, Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida 1996 yilning 10 yanvaridagi erkin savdo bo‘yicha Kelishuvga erkin savdo rejimidan tovarlarni chiqarish to‘g‘risidagi Bayonnoma ham bor», - deya aytib o‘tdi parlament quyi palatasi matbuot kotibi Muhammadato Sultonov.
Mavzuga oid
13:36 / 13.03.2026
Eronda hokimiyat qanday tuzilgan va kim nimaga mas’ul?
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
18:17 / 25.09.2025