Ummonning O‘zbekistonda 6 yil ishlagan elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda
2018 yilning 25 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ummon Sultonligining mamlakatdagi o‘z missiyasini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elchisi Muhammad bin Said bin Muhammad al-Lavatini qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida qo‘shma kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan BMT, IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O‘zbekiston-Ummon munosabatlarining barqaror va ildam tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ta'kidlanganidek, O‘zbekistonning Maskat shahridagi elchixonasi faoliyatining boshlanishi ikki tomonlama hamkorlik tarixida yangi sahifa ochadi.
Vazir samarali faoliyati hamda mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishdagi shaxsiy hissasi uchun elchiga minnatdorlik bildirdi va yangi tayinlanadigan mansablarda muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur lavozimda deyarli 6 yil ishlagan elchi o‘z navbatida O‘zbekiston hukumati va TIVga Ummon diplomatik missiyasi rahbari vazifalarini bajarishda ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Mavzuga oid
12:40
Ummon bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish muhokama qilinyapti
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
14:32 / 14.09.2024
Urugvayning yangi elchisi TIVda akkreditatsiyadan o‘tdi
14:14 / 14.09.2024