Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘lovchi qotillar qo‘lga olindi - IIV
24 may kuni Toshkent shahrida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Sergeli tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, V.K. va Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi, muqaddam sudlanganlar P.K. va E.S., haydovchi J.R. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Sergeli tumaniga kelishgan.
Shunda V.K. haydovchi J.R.ning bo‘yin qismidan bo‘g‘gan vaqtida P.K. va E.S. uning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib o‘ldirib, jasadni voqea joyiga tashlab, Chirchiq shahriga borib J.R.ga tegishli pullarni hamda mobil telefonini olib, avtomashinani tashlab qochib ketganlar.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida V.K., P.K va E.S. qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
18:32
«Kelin o‘g‘irlash» ortidan sodir etilgan qotillik Qozog‘istonni larzaga soldi
12:40
Toshkentning asosiy ko‘chalarida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda
10:20
Qorli ob-havo: Toshkentda yo‘l harakatida xavfsizlik kuchaytirilmoqda
12:13 / 21.01.2026