Sport | 09:26 / 26.05.2018
11702
1 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu faoliyatining eng og‘ir damlarini esladi

«Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu El Chiringuito teledasturi efirida faoliyatidagi eng qiyin damlar haqida gapirib berdi.

«Angliya Premer-Ligasiga kelganimda juda og‘ir damlarni boshimdan o‘tkazdim. Chempionatga moslashib ketishim ham qiyin bo‘lgan edi.

Ayniqsa, Eshli Koulga qarshi o‘ynash men uchun azob edi. U menga katta muammolarni tug‘dirgan» - dedi Ronaldu.

Ronaldu «Manchester Yunayted» tarkibida 6 yil o‘ynadi. Eshli Koul esa «Arsenal», «Kristal Pelas» va «Chelsi» sharafini himoya qilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid