Jamiyat | 09:22 / 26.05.2018
17126
1 daqiqa o‘qiladi

Otinoylar uchun bir xil libos joriy etiladi

Foto: O‘zA

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilbar Najmutdinovaning shahar otinoylar bilan uchrashuvda ayollarning kiyinish madaniyati masalalari qizg‘in muhokama qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda

“Yoshlarimizning moda ketidan ko‘r-ko‘rona quvishlari va yangi chiqqan tor, ochiq, kalta liboslarni moda deya e'tirof etishlari va bu turdagi kiyimlar, albatta, kiyilishi kerak, deb fikrlashlari ayni haqiqat. Bu kiyimlarning o‘zbekona madaniyatimizga xos emasligini mahallalarda tushuntirishda otinoylarning o‘rni katta”, dedi D.Najmutdinova.

Shuningdek, davra suhbatida otinoylar uchun bir xil libos joriy etish, tanlash taklifi berildi. Bu taklifni barcha bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid