Duşanbe meri Rustam Emomali imzolagan qarorga muvofiq, poytaxtdagi mulkçilik şaklidan qat'i nazar barça bozorlar, savdo va maişiy xizmat markazlari, savdo nuqtalari, magazinlar va umumiy ovqatlaniş muassasalari xodimlari bir xil iş kiyimi kiyişlari şart. Bu haqda Duşanbe meri matbuot xizmati xabar berdi.

Mer qaror ijrosi nazoratini şahar iqtisodiyoti va savdoni rivojlantiriş, sanitariya-epidemiologiya, antimonopoliya xizmatlari, oziq-ovqat xavfsizligi qömitasi şahar boşqarmasiga topşirdi.

Yuqoridagi taşkilotlar har uç oyda qaror bajarilişi yuzasidan hisobot topşirişlari belgilab qöyildi.

Bu savdo xodimlarini bir xil kiyintiriş uçun birinçi uriniş emas. 2016 yil oktyabrda ham Duşanbening öşa paytdagi meri Mahmadsaid Ubaydulloyev şahardagi bozorlar va savdo markazlari sotuvçilarini bir xil kiyim bilan ta'minlaş haqidagi qarorga imzo çekkandi.