Otin-ayol-qizlar öqituvçisi, din va şariat bilimdoni, şuningdek ayollar örtasidagi diniy marosimlarga boşçilik qiladigan, xalq orasida katta obro‘-e'tiborga sazovor bölgan kayvoni ayol. Hatto «otin» sözi ma'rifatparvar ayollarni hurmatlab, ismiga qöşib ham aytilgan. Ular Qur'oni karim qiroati, tafsir, payğambarlar tarixi, xalq oğzaki ijodini yaxşi bilişgan. Bugungi kunda otinoyilarning vazifalari doirasi juda kengaygan. Ular nafaqat diniy bilimlar egasi, balki yurtimizda keçayotgan ijobiy özgarişlar, iqtisodiy, ta'lim va boşqa sohalarda olib borilayotgan islohotlar, jamiyatimiz ma'naviy, diniy hayotida keçayotgan özgarişlarning faol iştirokçisiga aylanişi lozim.
Şu maqsadda otinoyilar faoliyatini yanada takomillaştiriş, ularning bilimlarini oşirib boriş maqsadida öquv-seminarlari taşkil etiladi, deb xabar beradi Özbekiston musulmonlari idorasi Toşkent şahar vakilligi matbuot xizmati.
Ana şunday öquv-seminarlarning navbatdagisi joriy yilning 26 sentabr kuni Uçtepa tumani «Ayollar maslahat markazi»da «Dinimizning sofligini asraylik» mavzusida taşkil etildi. Unda Toşkent şahrida faoliyat yuritayotgan otinoyilar bilimlarini oşirişdi.
Toşkent şahar boş imom-xatibi örinbosari E.Rustamov yurtimizda diniy sohada olib borilayotgan keng islohatlar va bunda otinoyilarning vazifalari töğrisida gapirib, hozirgi kunda iş tizimini yölga qöyişdagi kamçiliklar, ayollarga oid ijtimoiy masalalar yeçimini hal etişda otinoyilar mas'uliyatining kengayişi, bunda ularning bilim salohiyatlarini rivojlantirişda amalga oşirilişi zarur bölgan çora-tadbirlar töğrisida alohida töxtalib ötdi. Şuningdek, E.Rustamov buyuk ajdodimiz Abu Mansur al Moturidiy faoliyati, boy ilmiy merosi: Kalom ilmi, fiqh, aqida masalalari böyiça yozgan asarlari töğrisida ma'ruza qildi.
Çilonzor tumani «Böta buva» jome masjidi imom-xatibi Ş.Toşmatov «Din ulamolarining fazilatlari, husni-xulq va bunda ilmning zarurati» mavzusida ma'ruza qildi.
Şuningdek, Fuqarolarning özini – özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Toşkent şahar kengaşining diniy-ma'rifiy masalalari böyiça boş mutaxassisi O.Aripova mahalla diniy – masalalari maslahatçilarining otinoyilar bilan hamkorlikda iş olib borişdagi kamçiliklarni oldini oliş haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.









