Jahon | 22:53 / 26.05.2018
15107
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonning 9 millioninchi fuqarosiga uch xonali kvartira taqdim qilindi

Tojikistonning 9 millioninchi fuqarosi qiz chaqaloq bo‘ldi: qizcha 26 may kuni soat 06:30da Dushanbedagi 1-sonli tug‘uruqxonada dunyoga keldi. Ta'kidlanishicha, chaqaloqning vazni 3,6 kg, bo‘yi esa 51 sm. Bu haqda “Xovar” milliy axborot agentligi ma'lum qilgan.  

Foto: NIAT "Xovar"
Foto: NIAT "Xovar"

Shu munosabat bilan qizchaning ota-onasiga poytaxt markazidan barcha qulayliklarga ega 3 xonali kvartira taqdim qilindi va uning kaliti topshirildi.

Foto: NIAT "Xovar"

Qizchaning onasi dushanbelik 28 yoshli Nazira Mullajonova bo‘lib, ushbu chaqaloq uning ikkinchi farzandi bo‘ldi. Bungacha oilada bir o‘g‘il farzand bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid