Jahon | 14:34 / 26.05.2018
8461
1 daqiqa o‘qiladi

Ugandada mudhish YTH, 19 kishi halok bo‘ldi

Foto: xinhuanet.com

Uganda g‘arbida yo‘lovchi avtobusining traktor va avtosisterna bilan to‘qnashuvi oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Kiryandongo tumanida shanba, 26 mayga o‘tar tunda ro‘y bergan.

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar yosh bola va 16 nafar yoshi katta inson bor. Shuningdek, xabar qilinishicha, bir necha kishi jarohat oldi, ularning soniga oydinlik kiritilmagan.

Mahalliy politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda voqea joyida qutqaruvchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishlashmoqda.

Foto: Twitter / Uganda Professional Drivers Network‏
Foto: Twitter / Uganda Professional Drivers Network‏
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid