Jahon | 19:15 / 26.05.2018
10085
1 daqiqa o‘qiladi

Ugandadagi mudhish YTH qurbonlari soni 40 kishidan oshdi

Foto: Twitter / Uganda Professional Drivers Network‏

Uganda g‘arbida yo‘lovchi avtobusining traktor va avtosisterna bilan to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 kishidan oshib ketdi. Bu haqda xalqaro Qizil xoch jamiyatining Uganda bo‘linmasidan xabar berishgan.

Kiryandongo tumanidagi YTH shanbaga o‘tar tunda sodir bo‘ldi. Avvalroq, 19 kishi, shu jumladan uch bola va 16 nafar yoshi katta inson halok bo‘lgani xabar qilingandi.

"Kiryandongoda avtobus va katta yukli mashina ishtirokidagi hodisa 40dan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘ldi", - deyiladi tashkilotning Twitter’dagi sahifasida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid