Uganda ğarbida yölovçi avtobusining traktor va avtosisterna bilan töqnaşuvi oqibatida kamida 19 kişi halok böldi. Sinxua agentligi xabariga köra, yöl-transport hodisasi Kiryandongo tumanida şanba, 26 mayga ötar tunda röy bergan.
Halok bölganlar orasida uç nafar yoş bola va 16 nafar yoşi katta inson bor. Şuningdek, xabar qilinişiça, bir neça kişi jarohat oldi, ularning soniga oydinlik kiritilmagan.
Mahalliy politsiya vakilining sözlariga köra, hozirgi vaqtda voqea joyida qutqaruvçilar va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari işlaşmoqda.














