Ukrainaning Yevroittifoqqa kirish imkoniyatlari chamalandi
YeIni kengaytirish va qo‘shnichilik siyosati bo‘yicha Yevropa komissari Yoxannes Xanning ma'lum qilishicha, Ukraina istiqbolda Yevroittifoqqa qo‘shilish haqida emas, balki yaqin kelajakda bajariladigan masalalarga e'tibor berishi kerak.
U bu haqda Ukrainada YeIga kirish bo‘yicha qanday imkoniyatlar bor ekani haqidagi savolga javob qaytarib aytib o‘tdi.
«Mening fikrimcha, biz barchamiz vaziyatga tik qarashimiz hamda yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda nimaga erishish mumkin ekanini o‘ylab ko‘rishimiz kerak», - deya uning so‘zlarini keltiradi UNIAN.
Uning ma'lum qilishicha, Ukraina iqtisodiyotini Yevropa va jahon bozorida yanada raqobatbardosh qilish kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, agarda bu ro‘y bersa, unda Ukraina fuqarolari hayoti sifatiga juda katta turtki beradi.
Shuningdek, yevrokomissarning ta'kidlashicha, birinchi maqsadga YeI va Ukraina aloqalarini mustahkamlash aylanishi lozim.
«Agarda biz ushbu barcha masalalarda muvaffaqiyatli bo‘lsak, agar biz Ukraina va YeIda hayot darajasidagi farqdan qutulsak, o‘shanda keyingi qadam nima bo‘lishi mumkin ekanini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi», - dedi Xan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko va Mey «Kremlning tajovuzkor siyosatini» muhokama qilgandi.
Mavzuga oid
21:11 / 29.11.2024
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
14:48 / 29.11.2024
YeP Ukrainaga yordamni va RFga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
14:11 / 29.11.2024
Ukrainada RF harbiylarining asirlarni otib tashlashi tergov qilinmoqda
12:37 / 29.11.2024