Vengriya NATOga Ukraina bo‘yicha chaqiriq bilan chiqdi
Vengriya hukumati NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergga hujjat yubordi, unda Ukrainani qayta isloh qilishga bo‘lgan urinish «muvaffaqiyatsizlikka uchragani» bildiriladi hamda alyansga mamlakatni qo‘llab-quvvatlash dasturini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha chaqiriq bor. Hujjat «Ukrainskaya pravda» tomonidan keltirilgan.
Xabar qilinishicha, «Memorandum: NATOning Ukrainaga nisbatan yangi siyosatini yaratish tashabbusi» nomli hujjat Viktor Orban boshchiligidagi Vengriya hukumatining birinchi majlisida ma'qullandi. Nashrdan ta'kidlashlaricha, ular hujjatning to‘liq matni bilan tanishgan.
«Ukraina shu darajada kuchsizlandiki, endi u o‘zining hattoki bazaviy majburiyatlarini bajara olmayapti, jumladan, huquq ustuvorligini ta'minlash va samarali iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy boshqaruvni amalga oshirish», - deyiladi hujjatda.
Shuningdek, hujjat tuzuvchilarining qo‘shimcha qilishicha, Ukrainani qayta isloh etish urinishi «muvaffaqiyatsizlikka uchradi». Ularning fikricha, bu «misli ko‘rilmagan siyosiy qo‘llab-quvvatlov va moliyaviy yordam darajasida» ro‘y berdi. Tuzuvchilarning xulosa qilishicha, Ukraina hozirgi holatda qo‘shni davlatlar uchun xavf tug‘diradi. Shu sababdan Vengriya NATOga Ukrainani qo‘llab-quvvatlash siyosatini qayta ko‘rib chiqish taklifini bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainaning Yevroittifoqqa kirish imkoniyatlari chamalangandi.
Mavzuga oid
21:11 / 29.11.2024
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
14:48 / 29.11.2024
YeP Ukrainaga yordamni va RFga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi
14:11 / 29.11.2024
Ukrainada RF harbiylarining asirlarni otib tashlashi tergov qilinmoqda
12:31 / 29.11.2024