Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10tadan 9ta! Ispan klublari yevrokuboklarda tengsiz
"Real Madrid" hamda "Atletiko Madrid" 2017/18 yilgi mavsumdagi ikki yevrokubok – Chempionlar Ligasi hamda Yevropa Ligasini qo‘lga kiritishdi.
Bu ispan klublarining so‘nggi 5 yildagi 9-yevrokubogi bo‘ldi. Primera a'zolari ushbu muddat ichida 5 marotaba Chempionlar Ligasini ("Real Madrid" 4 marotaba, "Barselona" 1 marotaba) va 4 marotaba Yevropa Ligasini ("Sevilya" 3 marotaba, "Atletiko" 1 marotaba) qo‘lga kiritishgan.
Ingliz klublari esa ushbu vaqt oralig‘ida bir marotaba Yevropa Ligasida zafar quchishgan – o‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted" g‘olib bo‘lgan edi.
Shuningdek, ispan klublar ushbu muddat orasidagi barcha Yevropa Superkuboklarida g‘olib bo‘lishgan.