Talabalar vayronaga aylangan Mosul shahrini qayta tiklamoqchi
Iroq universitetida tahsil oluvchi bir guruh ko‘ngilli talabalar Mosul shahrini vayronalardan tozalab, madaniy boy merosni qayta tiklamoqchi bo‘lyapti.
Reuters agentligining yozishicha, dastlab, Rag‘od Hammadi va boshqa talabalar tashabbusi bilan Mosul universiteti Markaziy kutubxonasini qayta qurish g‘oyasi, keyinchalik, bunday ijtimoiy faollikni davom ettirishga undadi.
Tibbiyot fakultetida 25 yildan buyon ta'lim berayotgan Hammadining aytishicha, tarixi Iroq davlatidan ham ulug‘ bo‘lgan Al-Hadba minorasi va 30,000 kitob saqlab qolinishi kerak.
«Al-Hadba minorasi 12 asrga tegishli Katta al-Nuri masjidining bir qismi hisoblanadi. Afsuski, bu yerlar abgor holga kelib qoldi. Kitoblar orasida Muslavining qo‘lyozma asarlari ham mavjud», deydi u.
Shaharda yashovchi Diya Ol Toxirning ta'kidlashicha, Mosulning eski shahri vayronaga aylanib qolganiga qaramay, kishilar uylariga qaytib kelmoqda.
«Ammo, qashshoqlik IShID yetkazgan azobdan ham ko‘p kulfatlarni boshga solishi mumkin. Agar kishilar yegulik va ichimlik topolmasa, so‘ng, chorasizlik jinoyatga boshlaydi», deydi afsus bilan Diya.
Mavzuga oid
23:04 / 02.10.2024
Uzbekistan Airways Iroq va Eron havo hududini aylanib o‘tishini e’lon qildi
08:10 / 01.10.2024
AQShning Iroqdagi harbiy bazasi raketa hujumiga uchradi
20:19 / 28.09.2024
AQSh boshchiligidagi koalitsiya Iroqdagi missiyasini 2025 yilda yakunlaydi
21:57 / 07.09.2024