Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaning NATOga nisbatan harbiy-siyosiy rejalariga jiddiy qiziqmoqda
Foto: Reuters /Brendan McDermid
AQSh vakillar palatasi a'zosi Raja Krishnamurti Pentagonning 2019 yildagi byudjyeti bo‘yicha qonunga tuzatishlar kiritish taklifini berdi. Unda Rossiya tomonining NATOga a'zo mamlakatlarga nisbatan rejalarini aniqlashtirish nazarda tutilgan, deb xabar qilmoqda RT.
Hujjat matniga muvofiq, mamlakat razvedkasi qonun loyihasi qabul qilinganidan so‘ng 90 kun davomida Rossiya tomonining alyans davlatlariga nisbatan harbiy-siyosiy rejalari baholangan hisobotni taqdim etishi lozim.
Ta'kidlanishicha, mamlakat Milliy razvedkasi Rossiya Yevropa bosib turish tashabbusiga qanday reaksiya bildirishini baholashi kerak. Bundan tashqari, «Rossiya tomonidan mintaqadagi tajovuzkorlik»ka qarshi kurashishni moliyalashtirish hajmi 4,8 mlrd dollardan 6,3 mlrd dollarga qadar oshiriladi. Shuningdek, «Rossiya bilan muloqot sohasi»ni baholash rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya yadroviy tiyib turish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:12 / 13.03.2026
AQSh Yaqin Sharqqa 5000 dengiz piyodasi va qo‘shimcha kemalarni yuboradi
21:50 / 13.03.2026
Rossiya neft eksportiga qo‘llanayotgan cheklovlar yumshatildi
21:44 / 13.03.2026
Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti endi o‘zini qiziqtirmasligini aytdi
20:05 / 13.03.2026