«Chelsi» xo‘jayini Isroilda qo‘nim topdi
«Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovich Isroil davlatiga ko‘chib ketdi.
51 yoshli rossiyalik milliarder shaxsiy samolyotida Tel-Aviv shahriga uchib bordi va Isroil davlati fuqaroligini olib, Neve-Tsedek dahasidagi hashamatli uyga ko‘chib o‘tdi.
Abramovichning boyligi 10 milliard dollarga baholanyapti. Buyuk Britaniyada u eng boy shaxslar ro‘yxatining 13-pog‘onasida borayotgan edi. Isroilda esa u bunday ro‘yxatda peshqadam bo‘lib oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya Roman Abramovichga vizasini uzaytirib berishdan bosh tortgan edi. Bunga sabab sifatida uning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqinligi aytildi.
Ayni paytda, tadbirkorning Buyuk Britaniyadagi maqomi va «Chelsi» klubining kelajagi ham so‘roq ostida turibdi.
Mavzuga oid
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
12:25 / 19.08.2024
«Real» mavsumni yo‘qotish bilan boshladi, «Siti» yarim kuch bilan g‘alabaga erishdi. Kun o‘yinlari
15:02 / 20.05.2024
Serlot «Real»ga 4 ta gol urdi, «Chelsi» ham yevrokubokda. Kun o‘yinlari
12:06 / 06.05.2024