Sport | 00:30 / 28.05.2018
15082
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi ramziy terma jamoasi e'lon qilindi. "Real"dan 8 futbolchi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

UYeFA o‘zining rasmiy saytida 2017/18 yilgi mavsum uchun Chempionlar Ligasi razmiy terma jamoasini e'lon qildi. 

Darvozabonlar: Keylor Navas («Real»), Alison Beker («Roma»).

Himoyachilar: Yozua Kimmix («Bavariya»), Serxio Ramos, Marselo, Rafael Varan (Barchasi «Real»dan), Virdjil van Deyk («Liverpul»), Jorjo Kellini («Yuventus»).

Yarim himoyachilar: Kevin De Bryoyne («Manchester Siti»), Kazemiro, Luka Modrich, Toni Kroos (Barchasi «Real»dan), Xames Rodriges («Bavariya»).

Hujumchilar: Edin Djyeko («Roma»), Roberto Firmino, Muhammad Saloh (Ikkisi ham «Liverpul»dan), Lionel Messi («Barselona»), Krishtianu Ronaldu («Real»).

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum finalda "Liverpul"ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan "Real Madrid" g‘olib bo‘ldi. Madridliklar uchun bu umumiy hisobda 13-marotaba, qatorasiga esa 3-bor qo‘lga kiritilgan sovrin bo‘ldi.

Mavzuga oid