Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar «Real» bilan bog‘liq mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Foto: REUTERS/ Regis Duvignau
Braziliya terma jamoasi va «Pari Sen-Jyermen» klubi hujumchisi Neymar Madridning «Real»iga o‘tishi mumkin ekani haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
«Real»? Hozir men Braziliya termasiga bor e'tiborni qaratganman. Odamlar ba'zida umuman ahmoqona gaplarni gapiradi. Bunga javob qaytarish ham shartmas», - deya Neymarning so‘zlarini keltiradi Globo Esporte.
Neymar «PSJ»ga «Barselona»dan 2017 yilning yozgi transferlar darichasi vaqtida 222 mln yevro evaziga o‘tgandi.
Avvalroq, futbolchining otasi taniqli agent Pini Zaxaviga Parij klubidan o‘yinchining transferini amalga oshirishda yordam berish haqida murojaat qilgani ma'lum bo‘lgandi. Biroq «PSJ» rahbariyatining ishonch bildirishicha, braziliyalik klubni tark etmaydi.
Mavzuga oid
02:24 / 12.01.2026
«Barselona» finalda «Real»ni yengib, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi
22:17 / 16.12.2025
«PSJ» Mbappega 61 mln yevro tovon puli to‘laydi – sud qarori
23:54 / 30.09.2025
Olmaotadagi «Qayrat» va «Real» tarixiy o‘yinida beshta gol urildi
20:42 / 03.06.2025