Jahon | 00:39 / 28.05.2018
3230
1 daqiqa o‘qiladi

Nikaraguada prezident iste'fosi talab qilinmoqda

Foto: aa.com.tr/ru

Nikaraguada amaldagi prezident Daniel Ortega va uning rafiqasi, vitse-prezident Rosario Muriloga qarshi norozilik aksiyalari boshlandi.

Orteganing iste'fosini talab qilib Managua va boshqa shaharlarda minglab odamlar ko‘chaga chiqishgan.  

Ma'lum qilinishicha, namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan. 

Nikaraguada aprelda ijtimoiy ta'minot sohasidagi islohotlarga qarshi norozilik aksiyalari o‘tgandi. O‘shanda namoyishlar davomida kamida 76 kishi halok bo‘lgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid