Jahon | 10:48 / 29.05.2018
4426
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va KXDR yuqori mansabli amaldorlari bugun uchrashadi

Foto: RT

AQSh va KXDRning yuqori mansabli amaldorlari Singapurda seshanba, 29 may kuni uchrashadi. Bu haqda «Ryonxap» manbaga asosan xabar bermoqda.

Shimoliy Koreya delegatsiyasiga KXDR Davlat kengashi raisi o‘rinbosari Kim Chxan Son, AQSh delegatsiyasiga - operativ shtab boshlig‘i o‘rinbosari Jo Xagin boshchilik qilmoqda.

Tomonlar AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning ehtimoliy uchrashuvi munosabati bilan xavfsizlik va protokol masalalarini muhokama etishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvida yana bir yetakchi qatnashishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid