Bosqinchi hamtovoqlar qo‘lga olindi - IIV
27 may kuni Toshkent shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Olmazor tumanida yashovchi, muqaddam sudlanganlar S.Sh. va E.F. Yunusobod tumanida joylashgan “Layk bar” kafesi oldida mast holda bo‘lgan Chilonzor tumanida yashovchilar N.M. va S.B.ni Chilonzor tumaniga olib borib qo‘yish uchun S.Sh. boshqaruvidagi “VAZ-21093” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tkazib, ularni mastligidan foydalanib aytilgan manzilga olib bormay, Olmazor tumanidagi “Sazanchik” nomli kafe oldiga olib borib, u yerda kutib turgan hamtovoqlari M.A. va V.S. bilan birga ularni avtomashinadan tushirib, tanasining turli joylariga urib, pullari va mobil telefonlarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Natijada N.M. va S.B.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida H.M., S.Sh., E.F., M.A. va V.S. ushlangan.
Mavzuga oid
20:33 / 07.10.2024
Toshkentda II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bo‘lib o‘tadi
18:40 / 06.10.2024
Toshkentda ikki hafta mobaynida qariyb 30 kg giyohvand vositalar va psixotrop moddalar ushlandi
14:30 / 05.10.2024
Toshkentning ikki tumanida giyohvandlik moddasi saqlab kelganlar ushlandi
00:09 / 01.10.2024