Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada poyezd mashinisti adashib yo‘lovchilarni boshqa shaharga olib bordi
Buyuk Britaniyada CrossCountry Train poyezdi mashinisti yo‘nalishni yanglishtirib, yo‘lovchilarni boshqa shaharga olib bordi. Bu haqda The Mirror ma'lum qildi.
Poyezd mamlakat shimolidagi Nyukasldan janubidagi Reddingga borishi kerak bo‘lgan. Biroq natijada u Pontefraktga kelib qolgan.
“Biz hozir Pontefrakt yaqinida turibmiz. Mashinist noto‘g‘ri yo‘lni tanlagani sababli shu yerga kelib qoldik. Bunday holat umuman bo‘lishi mumkinligini kim ham xayoliga keltiribdi?”, deb yozgan yo‘lovchilardan biri tvitterda va undan tashqari poyezdda yuzga yaqin yo‘lovchi borligini qo‘shimcha qilgan.
The Mirror’ning yozishicha, poyezd Donkasterdagi vaziyat sababli dastlabki yo‘lidan boshqa yo‘lga o‘tkazilgan, biroq u shundan keyin noma'lum sababga ko‘ra janubga ketish o‘rniga g‘arbga qarab ketgan.
Poyezd Pontefrakt yaqinida ma'lum vaqt turgach, mashinist uni shimolga qaytargan va to‘g‘ri yo‘nalishga qaytgan, bunga bir soatcha vaqt ketgan. Yo‘lovchilar Sheffild shahrida tushirib qoldirilganlar. Ular u yerdan Birmingemgacha yetib olib, so‘ngra Redinggacha boruvchi poyezdga o‘tira olishgan.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026