«Foydasidan ziyoni ko‘p». Prezident yana avtomobil zavodini tilga oldi
29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjyetga qo‘shimcha tushumlarni ta'minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Importni kamaytirishimiz kerak. To‘g‘ri, buning ham me'yori bor. Avtomobil zavodi ham o‘yin. Agarda shu zavodning o‘rniga beshta avtomobil zavodi bo‘lganda juda ko‘p mahalliylashtirish bo‘lardi. Hamma sharoitni qilib berganmiz, bir tiyin ham soliq to‘lamaydi, foydasidan ziyoni ko‘p. 3,5 million aholidan 20 ming odam ishlasa, nima keragi bor bunday avtomobil zavodini?! 3,5 million aholidan!
Hozir bizda eksport va importning o‘rtasida disbalans. Shuning uchun Mavlonovdan ham, Xo‘jayevdan ham, Azimovdan ham noroziman bu boradagi ishlar sifati tufayli. Uch nafarini ham ogohlantiraman. Salimov sen o‘zingning dunyoqarashingni, Ro‘ziqulovnikiga o‘xshash noinsof ishlaringni men qabul qilmayman, kerak emas. 27 yil hammaga yolg‘on gapirib yurdinglar! Hamma joy poraxo‘rlik! Chegaradan o‘tkazib, qayta olib kirib eksport qildik, deb yurdi.
Hamma hokimlar yozib olsin - import bo‘yicha ahvolimiz yaxshi emas. Import degani - boshqa davlatning odamlariga oylik beryapmiz, degani», - deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.
Eslatib o‘tamiz, prezident 19 may kuni Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan videoselektorda ham Asaka avtomobil zavodi faoliyatini tanqid ostiga olgan, bunday sharoitda raqobat muhiti yo‘qligini ta'kidlab o‘tgandi.
Mavzuga oid
13:18 / 13.08.2024
Soliq qo‘mitasi yirik korxonalarning mahalliy budjetga to‘lovlarini hisobga olish tartibini joriy qiladi
18:00 / 12.08.2024
Quvvatidan to‘liq foydalanilmayotgan o‘quv binolari yoshlarni o‘qitish sharti bilan tadbirkorlarga ijaraga beriladi
17:13 / 12.08.2024
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi
16:34 / 12.08.2024