Sport | 15:10 / 29.05.2018
14057
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgdagi «Gubernator kubogi». Bokschilarimiz bugun yarim finalda jang qiladilar

Foto: gov.spb.ru

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha nufuzli xalqaro «Gubernator kubogi» musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham ishtirok etishmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bugun bir qator bokschilarimiz musobaqaning yarim finalida ringga chiqadilar:

49 kg: Hasanboy Do‘smatov – Umed Bobojyenov (Rossiya)
52 kg: Jasurbek Latipov – Azat Maxmetov (Qozog‘iston)
56 kg: Shahobiddin Zoirov – Sirojiddin Abdullayev (Qirg‘iziston)
56 kg: Miraziz Mirzahalilov – Bahtovar Nazirov (Rossiya)
60 kg: Shunqor Abdurasulov – Adlet Kurmetov (Qozog‘iston)
64 kg: Iqboljon Xoldorov – Pavel Fyodorov (Rossiya)
75 kg: Isroil Madrimov – Vitaliy Bondarenko (Belorus)
81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev – Andrey Kosenkov (Rossiya)
91 kg: Sanjar Tursunov – Muslim Gadjimagomedov (Rossiya)
+91kg: Bahodir Jalolov – Ilya Kvasnikov (Rossiya)

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid