26-31 may kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida boks böyiça «Sankt-Peterburg gubernatori kubogi» bahslari taşkil qilinadi. «Mixaylovskiy manej» sport majmuasi mezbonlik qiladigan turnirda Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikaning turli mamlakatlaridan taşrif buyurgan boksçilar iştirok etadilar.
Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, mazkur xalqaro musobaqada Özbekiston terma jamoasi boksçilari ham ğolib va sovrinli örinlar uçun kuraş olib boradilar.
Terma jamoa bellaşuvlarda quyidagi tarkibda iştirok etadi:
-49kg: Hasanboy Dösmatov
-52kg: Jasurbek Latipov
-56kg: Mirzobek Mirzahalilov
-56kg: Şahobiddin Zoirov
-60kg: Şunqor Abdurasulov
-64kg: Aliyor Noraliyev
-64kg: Iqboljon Xoldorov
-69kg: Mahmud Ğoipov
-69kg: Fazliddin Meliboyev
-75kg: Isroil Madrimov
-81kg: Bektemir Meliqöziyev
-91kg: Sanjar Tursunov
+91kg: Bahodir Jalolov
Boksçilar musobaqada murabbiylar Marat Qurbonov, Tölqin Qiliçev, Rahmatjon Rözioxunov va Bahodir Erkayev qöl ostida ringga çiqadilar.
Şuningdek, Alişer Polvonov turnirda hakam sifatida faoliyat olib boradi.
Ta'kidlaş lozimki, terma jamoa Rossiyaning şimoliy poytaxtiga özining eng kuçli tarkibi bilan yöl oldi. Marat Qurbonov boşçiligidagi terma jamoa murabbiylar ştabi uşbu turnir orqali Osiyo öyinlarida iştirok etadigan boksçilar jismoniy va funksional holatini yana bir bor sinovdan ötkazişadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq boks böyiça terma jamoa vakillari Rufat Risqiyevni ziyorat qilgani va Ğofur Rahimov maktubini topşirgani xabar berilgandi.












