O‘zbekiston | 12:54 / 29.05.2018
7836
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent turar-joy dahalari hududida ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi 

Foto: dreamstime.com

Toshkentning turar-joy dahalari hududida ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi, deyiladi shahar hokimligi rasmiy saytida.

«Hozirda biz ko‘p qavatli turargohlar qurish uchun bir nechta joylarni ko‘rib chiqyapmiz. Masalan, “Bibigon” kafesining orqa tomonida ayni vaqtda temir garajlar joylashgan joy bor, yana bitta shunday joy — Qorasuv-6da. Hozircha aniq manzillarni va bunday avtoturargohlarning aniq sonini aytish qiyin», — degan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Ergashev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurilishni boshlash uchun ko‘plab hujjatlarni muvofiqlashtirish kerak. Masalan, Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli turargohlarni barpo etish uchun bir qator joylar mart oyidayoq aniqlab olingan.

«O‘ylaymanki, yilning ikkinchi yarmi, masalan, iyuldan bu qurilishlar ko‘rinib qoladi. Bunday qurilish muqarrar, chunki kelajak aynan shunday turargohlar ortida, boshqa yo‘l yo‘q. Axir bunday amaliyot dunyo tajribasiga asoslangan», — degan hokim.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid