Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:20 / 29.05.2018
2407
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp va Abe 7 iyunda uchrashuv o‘tkazadi
Foto: yimg.com
AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Vashingtonda 7 iyunda AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining sammitiga tayyorgarlik doirasida uchrashuv o‘tkazadilar. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi.
Avvalroq Oq uy matbuot xizmati Tramp va Abe 28 may kuni telefon orqali Shimoliy Koreyadagi vaziyatni muhokama qilishgani va o‘zaro uchrashishga kelishib olishganini ma'lum qilgandi.
Abe Kanadada 8-9 iyun kunlari o‘tadigan G7 davlatlari sammitiga yo‘lida Vashingtonda to‘xtab o‘tishi kutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish