O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining o‘nta eng ilg‘or aviatsiya mutaxassisiga Toshkent shahridan uy-joy ajratish to‘g‘risidagi taqdimnomani ko‘rib chiqadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda.
![](https://storage.kun.uz/source/archive_16_04/%D0%B3%D0%BD%D0%BF8%D1%8B%D0%B0%D0%BA9%D0%BF253-1.jpg)
Hujjatda belgilanganidek, sharafli kasbning fidoyilari bo‘lgan harbiy uchuvchilarga uy-joylar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga davlat byudjyetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan beriladi.
![](https://storage.kun.uz/source/archive_16_04/%D0%B3%D0%BD%D0%BF8%D1%8B%D0%B0%D0%BA9%D0%BF253-2.jpg)
Mazkur imtiyoz havo sarhadlarimiz qalqonlarining Vatanga sadoqatini, jangovar salohiyatini, professional tayyorgarligini yanada oshirishga xizmat qiladi.