Jahon | 18:27 / 30.05.2018
10373
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyaning Abxaziya va Janubiy Osetiya bo‘yicha qarorini qoraladi

Foto: Getty Images

AQSh Davlat departamenti Suriyaning Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olish bo‘yicha qarorini qoraladi. Bu haqda idora saytida xabar berilgan.

Davlat departamentidan ta'kidlashlaricha, Janubiy Osetiya va Abxaziyani hamon Gruziyaning bir qismi sifatida ko‘rishadi.

«Biz Gruziyaning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini butunlay qo‘llab-quvvatlaymiz hamda barcha davlatlarni BMT Nizomiga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarish va shunday qilishga chaqiramiz», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, AQSh Rossiyani qurolli kuchlarni Janubiy Osetiyada 2008 yilda yuz bergan harbiy mojarodan avvalgi pozitsiyaga qaytarishga chaqirdi.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gruziya Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid