Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Komilov Lavrov bilan Putinning Toshkentga tashrifini muhokama qildi
2018 yilning 30 may kuni Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahrida «Primakov o‘quvlari» xalqaro forum ishida ishtirok etish doirasida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston TIV rahbari jahonda e'tirof etilgan ilmiy-ekspertlik maydonidan biri va yirik olim-sharqshunos, Rossiyaning atoqli davlat va jamoat arbobi, sobiq bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri xotirasiga bag‘ishlangan forumning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi bilan S.Lavrovni tabrikladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Avvalo, Toshkent shahrida kuz oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi kun tartibi yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda Rossiya prezidentining O‘zbekistonga bo‘lajak davlat tashrifi ittifoqlik va strategik sheriklikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish, unga aniq va uzoq muddatli tus berish uchun alohida ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Shuningdek, vazirlar tomonidan ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
09:33 / 28.03.2026
Putin va milliarderlarning yopiq uchrashuvi tafsilotlari ochiqlandi
18:40 / 27.03.2026
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026