Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MAK: Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha tariflar arzonlashdi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi shu yilning 3 iyunidan 8 sentabrigacha Toshkent - Nyu-York - Toshkent yo‘nalishida iqtisodiy klass minimal tariflarini pasaytirdi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.
Parvoz narxi bir tomonga 430 EUR (4,037,924 so‘m), borish va qaytish 829 EUR (7,788,863 so‘m) tashkil qiladi.
Shuningdek, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK yo‘lovchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 3 iyunidan Samarqand Nyu-York yo‘nalishida yelvizak tariflarni kiritdi. Bu yo‘lovchilarga Samarqand-Toshkent ichki yo‘nalishida parvoz uchun qo‘shimcha yig‘imsiz aviachiptalarni rasmiylashtirish imkonini beradi.
Aviachiptalarning sotuvi tashuv rasmiylashtirilgan kundagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
10:04
Toshkentdagi barcha qurilish obektlari uchun yangi talablar joriy etiladi
08:39
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
08:20
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
14:57 / 02.06.2026