«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi şu yilning 3 iyunidan 8 sentabrigaça Toşkent - Nyu-York - Toşkent yönalişida iqtisodiy klass minimal tariflarini pasaytirdi. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Parvoz narxi bir tomonga 430 EUR  (4,037,924 söm), boriş va qaytiş 829 EUR  (7,788,863 söm) taşkil qiladi.

Şuningdek, «Özbekiston havo yöllari» MAK yölovçilarga qulay şaroitlar yaratiş maqsadida joriy yilning 3 iyunidan Samarqand Nyu-York yönalişida yelvizak tariflarni kiritdi. Bu yölovçilarga Samarqand-Toşkent içki yönalişida parvoz uçun qöşimça yiğimsiz aviaçiptalarni rasmiylaştiriş imkonini beradi.

Aviaçiptalarning sotuvi taşuv rasmiylaştirilgan kundagi Özbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi böyiça milliy valyutada amalga oşiriladi.