Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev maoshlar oshmasligida hukumatni aybladi
Ostonada Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev raisligida Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibiga ko‘ra, yig‘ilishda mamlakatdagi tuzilmaviy va instituttsional islohotlar amalga oshirilishining borishi hamda Shimoliy Qozog‘istonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi muhokama qilindi.
Nazarboyev qolgan masalalar qatorida davlat idoralarining faoliyati mamlakat fuqarolari farovonligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerakligini aytdi.
“Barcha ishimiz aholi daromadlarining oshishiga qaratilgan bo‘lishi lozim. Agar bu yuz bermasa, unda hukumat o‘z ishini eplay olmayapti”, deb ta'kidlab o‘tgan Qozog‘iston prezidenti.
Bundan tashqari, Nazarboyev aholini ish bilan ta'minlash, majburiy ijtimoiy tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarga kasbiy ta'lim berish va ularning bandligi masalalariga to‘xtalib o‘tgan. U global trendlar va yuzaga kelgan geosiyosiy vaziyatni hisobga olgan holda rivojlanishning yangi dasturlarini ishlab chiqish zarurligini aytgan.
Qozog‘iston prezidenti yig‘ilish yakunlariga ko‘ra hukumat va boshqa davlat idoralariga bir qator aniq vazifalarni topshirgan.
Mavzuga oid
21:32 / 01.05.2026
Aholi daromadlarining oshishi sekinlashdi. Poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovut yanada kattalashgan
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
16:45 / 13.03.2026
Yaqin Sharqdagi urushning «soyadagi g‘olibi». Rossiya neftdan kuniga yuz millionlab dollar qo‘shimcha daromad olyapti
14:31 / 24.12.2025