00:49 / 30.05.2018
20515

Rossiya olimpiya qo‘mitasiga Alisher Usmonovning nomzodi prezident bo‘ldi

Foto: Vladimir Gerdo/TASS

Rossiya olimpiya kengashi Rossiya olimpiya qo‘mitasi (ROQ) ning yangi prezidentini sayladi. U qilichbozlik bo‘yicha Rossiyaning to‘rt karra chempioni, «Yedinaya Rossiya» a'zosi, ROQ vitse-prezidenti Stanislav Pozdnyakov, bo‘ldi deb xabar beradi TASS.

44 yoshli Stanislav Pozdnyakov 2016 yildan buyon ROQning avvalgi prezidenti Aleksandr Jukovning birinchi o‘rinbosari edi. Jukov yangi muddat uchun o‘z nomzodini qo‘ymadi. Bungacha Pozdnyakov Rossiya qilichbozlik federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan.

Rossiyada 2000-yillarning o‘rtalaridan boshlab qilichbozlikni milliarder Alisher Usmonov o‘z otalig‘iga olgan, u ayni paytda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga ham yetakchilik qilmoqda. Rossiya Federatsiyasida sport vaziri lavozimini 2016 yildan buyon qilichbozlik bo‘yicha yana bir olimpiya chempioni, Pozdnyakovning Rossiya terma jamoasi bo‘yicha hamkori Pavel Kolobkov egallab kelmoqda. Usmonov ROQni ham moliyalashtiradi.

Saoylov kontserentsiyasida Pozdnyakov ROQ Usmonovning «San'at, fan va sport» fondi bilan qo‘mitaga 600 mln rubl (qariyb 10 mln dollar) ajratilishi borasida muzokara olib borayotganini ma'lum qilgan. Usmonov o‘tgan yili ham ROQga shuncha pul ajratgan edi.

Top