O‘zbekiston | 11:09 / 30.05.2018
29704
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda YHXB sinovdan o‘tkazayotgan body camera nimalarda yordam beradi? 

Toshkent shahar IIBB YHXB body camera, ya'ni yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchun mo‘ljallangan holatni qayd etib boruvchi video kameralarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati

Ushbu video kamera xodimning kunlik ish faoliyati, haydovchilar bilan o‘zaro muloqotini uzluksiz yozib boradi. Kameralar yagona boshqaruv tizimiga ulangan bo‘lib, markaziy apparat tomonidan boshqariladi. YPX xodimining kamera yozuvini to‘xtatib qo‘ya olmasligi, qayd etilgan tasvirni o‘chira olmasligi tizimda korrupsiyaning oldini olishga, vaziyatlarni haqqoniy o‘rganish va adolatli chora-tadbirlar ko‘rishga yordam beradi.

Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati

Ushbu zamonaviy uskuna sinovdan o‘tgan taqdirda, ulardan sohada keng foydalanish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda YPX mashinalarida yangi turdagi video qayd etish moslamasi sinovdan o‘tkazilayotgani ma'lum qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid