Qayd etilishicha, ushbu zamonaviy moslamaning boshqalaridan farqi shundaki, u nafaqat tashqi manzarani balki bir vaqtning o‘zida YPX avtomobili salonining ichini ham tasvirga oladi.
Uzluksiz ishlab turuvchi ushbu qurilma kodlangan bo‘lib, YPX xodimining uni o‘chirib yoqishi, tasvirlarni yo‘q qilishi imkonsiz.
Bu birinchidan, YPX xodimi ishining shaffofligini ta'minlasa, ikkinchidan xizmat majburiyatlari ijrosini nazorat qilish ishlarini osonlashtiradi.










