Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga nomzod taklif qildi
Foto: AQSh Maxsus amaliyotlar qo‘shma qo‘mondonligi
AQSh prezidenti Donald Tramp general-leytenant Ostin Skott Millerni Qo‘shma Shtatlarning Afg‘onistondagi Qurolli kuchlari qo‘mondoni lavozimiga nomzod sifatida taklif etdi. Bu haqda The Hill xabar bermoqda.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, agar AQSh senati Millerni bu lavozimga tasdiqlasa, u NATOning Afg‘onistondagi «Qat'iy qo‘llab-quvvatlov» jangovar bo‘lmagan missiyasi qo‘mondonligini ham qabul qilib oladi.
Ta'kidlanishicha, general Miller hozirgi paytda AQSh Maxsus amaliyotlar qo‘shma qo‘mondonligiga rahbarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ShHT uchun terrorizm va ekstremizm tahdidi qayerdan kelayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
15:21
15 mingdan ortiq o‘zbekistonlik AQShga bordi - safarlar maqsadi bo‘yicha taqsimot
13:30
Shvetsiya bosh vaziri AQShning Grenlandiyani egallab olish tahdidlarini tanqid qildi
09:18
Tramp: Eron rahbarlari muzokara olib borishni istayapti
07:34