Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) davlatlari uçun terrorizm va ekstremizm xavfi birinçi navbatda Afğonistondan kelmoqda, biroq vaziyatga yeçim topiş böyiça bir tomonlama harakatlar uni yanada çuqurlaştiradi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev ŞHT davlatlari Xavfsizlik kengaşlari kotiblarining seşanba kungi uçraşuvida ma'lum qildi.

"ŞHTga a'zo davlatlar uçun terrorizm va ekstremizm xavfi birinçi navbatda Afğoniston hududidan kelmoqda. Işonçimiz komilki, Islom respublikasidagi vaziyatni kuç usullari bilan, xalqaro huquq normalari hamda prinsiplarini çetlab ötgan holda, bir tomonlama hal qilişga yönaltirilgan istalgan sa'y-harakatlar xavfsizlik uçun qöşimça xatarlar uyğotadi", - dedi Patruşev.

Uning sözlariga köra, mamlakati ŞHTga a'zo boşqa davlatlar bilan Afğonistonda tinçlik va barqarorlikni afğonlarning özi boşçiligida siyosiy yeçim topiş yöli bilan tiklaş tarafdoridir.

"26-27 mart kunlari Toşkentda bölib ötgan Afğoniston böyiça anjuman köp tomonlama özaro harakatlarni kuçaytiriş lozimligini tasdiqladi, jumladan ŞHT doirasida ham. Uşbu uçraşuvni, şuningdek, Kobul jarayoni doirasidagi yiğilişni Moskva şakli va “ŞHT - Afğoniston” guruhi doiralaridagi maslahatlaşuvlarning mantiqiy davomi, deb hisoblaymiz", - deya qöşimça qilib ötgan Patruşev.

Uning aniqlik kiritişiça, afğon masalasi böyiça istalgan taşabbuslar mintaqa davlatlari manfaatlarini hisobga olişi va ularga ma'lum bir ssenariylarni yuklab qöyiş ehtimolini yöqqa çiqarişi lozim. "Şu sababdan Xitoy tomonining aloqa guruhining ikkinçi yiğilişini Pekinda ötkaziş böyiça taklifini qöllab-quvvatlaymiz", - deya xulosa qildi Patruşev.