Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asad yangi rejasi haqida ma'lum qildi
Suriya Arab Respublikasi prezidenti Bashar Asadning ma'lum qilishicha, Suriya hukumati mamlakatning barcha hududi, shu jumladan Idlib viloyati ustidan nazoratni qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u RT’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Suriya rahbarining ta'kidlashicha, buni qurol yo‘li bilan qilishga majbur bo‘linadi, sababi ba'zi tumanlarda hokimiyat hamon qurollangan terrorchilik guruhlari bilan ish ko‘rishga majbur bo‘lyapti.
«Urushdan yomon narsa yo‘q. O‘ylashimcha, bu fikrga istalgan suriyalik qo‘shiladi. Biroq, bizda boshqa variant ham qolmadi», - degan Asad.
Uning ta'kidlashicha, mamlakatning qator viloyatlarida mamlakat hukumati sulhga erishishga harakat qilmoqda.
«Mahalliy aholi jangarilarga bosib ko‘rsatib, ularni ketishga majburlamoqda. Sulh - bu eng yaxshi variant, hamda biz bu rejaga amal qilyapmiz. Biroq, u ish bermasa, kuchdan foydalanishga majbur bo‘linadi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Asad.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya prezidenti Bashar Asad Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriya hududidan chiqib ketishi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026