Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xorijiy kinokompaniyalarga yana bir yengillik berildi
Xorijiy kinokompaniyalari endi O‘zbekiston moddiy va madaniy meros obektlarida suratga olish ishlari uchun pul to‘lashga majbur bo‘lmaydi.
«Xorijiy kompaniyalar bu yig‘im va moddiy-madaniy meros obektlarida kinofilmlarni suratga olish uchun ijara haqini to‘lashdan ozod etiladi. Ularga O‘zbekiston brendini targ‘ib qilish sharti qo‘yilgan», - deya xabar bergan Davlat turizm qo‘mitasi.
Hukumatning «Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida badiiy filmlarni kino-videoga suratga olish tartibi to‘g‘risida»gi qarori bilan xorijiy mamlakatlar kinokompaniyalariga har bir suratga olish kuni uchun 800 ming so‘m miqdorida haq to‘lash belgilab qo‘yilgan.
Endi O‘zbekistonda suratga olingan, mamlakatning moddiy va madaniy merosiga aloqador kadrlar namoyishi vaqtida mamlakatni va tarixiy obektning nomini alohida kadr bilan kirish yoki yakuniy titrlarda ko‘rsatish kifoya qiladi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026