Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 Rossiya iqtisodiyotiga qanday ta'sir qilishi aytildi
Moody`s xalqaro tahlil reyting agentligi Rossiya iqtisodiyotiga JCh-2018 qanday ta'sir qilishi mumkin ekanini o‘rganib chiqdi. Bu haqda Reuters agentlik ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, futbol bo‘yicha jahon chempionatining tashkil etilishi Rossiya iqtisodiyotiga qisqa muddatli ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
«Biz milliy darajada juda cheklangan miqdorda iqtisodiy ta'sir yuz berishini kutmoqdamiz. Bunda jahon chempionati qisqa muddat davom etishi hamda mamlakat iqtisodiyoti ko‘lami juda katta ekani hisobga olingan», - deya ma'lum qilishda agentlikdan.
Ekspertlar ma'lumotiga ko‘ra, JCh-2018 vaqtida aeroportlar, transport kompaniyalari, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat mahsulotlari riteylerlari eng ko‘p daromad ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya IIV angliyalik ishqibozlarning «uchinchi jahon urushi» haqidagi bayonotlariga izoh bergandi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026