Rossiya Içki işlar vazirligi angliyalik futbol işqibozlarining Rossiyada jahon çempionati ötkazilişi vaqtida «uçinçi jahon uruşi» keltirib çiqarilişi böyiça bayonotiga izoh berdi, deb xabar qilmoqda «RIA Novosti».

«Rossiya futbol böyiça jahon çempionati vaqtida ommaviy muştlaşuvlar yoki hujumlar yuz berişiga yöl qöymaydi, qonunbuzarlar qölga olinadi va deportatsiya qilinadi», - deya ma'lum qilgan RF içki işlar vazirining örinbosari Igor Zubov.

Şuningdek, Zubovning aytişiça, Fransiyadagi Yevro-2016 vaqtida kuzatilgan ommaviy muştlaşuvlar yuz bermaydi.

«Angliyalik işqibozlar jahon çempionati vaqtida «uçinçi jahon uruşi»ni keltirib çiqarişlari haqida ma'lum qilişdi. Bu juda kutilmagan bayonot. Fransiyada öşanda kuzatilgan ommaviy muştlaşuvlar Rossiyada takrorlanmaydi», - deya qöşimça qilib ötdi u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rosaviatsiya JÇ-2018 iştirokçi şaharlari uzra parvozlarni çeklagandi.