Jahon | 14:10 / 01.06.2018
8479
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh: «Tolibon» a'zolari hukumat bilan yashirincha muzokaralarni boshladi

Foto: KUN.UZREUTERS/Mohammad Ismai

Afg‘onistonda davom etayotgan qarama-qarshiliklardan ayri ravishda «Tolibon» harakati a'zolari afg‘on hukumati bilan muzokaralar stoliga o‘tirgan, deb iddao qilmoqda AQSh va NATO kuchlarining Afg‘onistondagi generali Jon Nikolson. 

«Diplomatik faollik, asosan, sahna ortida va turli darajadagi uchrashuvlar bilan davom etmoqda», deydi amerikalik general. 

Uning ta'kidlashicha, «Tolibon» harakatining o‘rta va yuqori martabali rahbariyati hukumat bilan yaxshi aloqalarni o‘rnatishga harakat qilmoqda. 

General ushbu muzokaralarning boshlanishi bilan mamlakat hududida qo‘poruvchilik harakat fevraldan aprelga qadar o‘tgan besh yildagi mos davr bilan solishtirganda 30 foizga kamayganini aytdi. 

Nikolson Afg‘onistondagi vaziyatni Kolumbiyada yuz bergan hodisalarga o‘xshatishini bildirdi. Kolumbiyada ham qurollangan FARK guruhi qo‘poruvchilik ishlari bilan birga hukumat vakillarini muzokaraga chorlagandi. Oqibatda, 2016 yili tinchlik shartnomasi imzolangan. ​

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid