Texnologiya | 23:35 / 01.06.2018
4996
1 daqiqa o‘qiladi

Apple ayfon uchun “o‘q o‘tkazmas” oynani patentladi

Internetda Apple qurilmalarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan, iPhone va iPad uchun o‘ta mustahkam himoya oynasi haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Oynaning mustahkamligini oshirish uchun unda maxsus tola qo‘llanadi. 

Patentning ta'rifiga ko‘ra, oyna smartfon va planshetlar displeylari mustahkamligini oshirish uchun mo‘ljallangan. U qurilmaning old tomonini bir tekis qoplab, uni turli ta'sirlardan himoyalashi mumkin. Kompaniya oynaning yoqut kukuni va maxsus shisha tola bilan qoplangan variantlarini ko‘rsatgan. 

Foydalanuvchilar oxirgi vaqt Apple smartfonlari displeylari mo‘rtligidan shikoyat qilishmoqda. 2017 yilda kompaniya metall korrpuslardan voz kechib, oyna ishlatishga o‘tgan. Oynasi singan ayfonni ta'mirlash esa uning yarim narxiga tushishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid